Sulaymoniy uchun qasos olamiz – AQSH uchuvchilariga qo‘rqinchli audio yozuv yuborildi

Olam

image

Amerikalik aviadispetcherlar Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi munosabati bilan Amerika poytaxtida terror hujumi tahdidlari bilan audio yozuv olganini xabar qildi. Bu haqda kecha, 5 yanvar kuni CBS telekompaniyasi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

“Chorshanba kuni biz samolyotni Kapitoliyga jo‘natamiz. Sulaymoniy uchun qasos olamiz”, deya ta’kidlangan audio yozuvda. 

Kimdir aviadispetcherlarning chastotalariga kirish huquqiga ega chiqqan va ushbu audio xabarni yuborgan. Shu bilan birga, AQSH Hukumati, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tahdidlarni haqiqiy deb hisoblamaydi, ammo chastotalarga noqonuniy kirish masalasini tekshirishni boshlagan.

Kecha, 5 yanvar kuni Pentagon va boshqa davlat idoralari audio yozuv haqida ma’lumot olgan. Kanal bilan suhbatlashgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tahdidlar uchuvchilar odatda oladigan ko‘rsatmalarga ta’sir qilishi mumkin. 

AQSH Federal Tergov Byurosi ushbu ma’lumotga izoh bermagan, ammo barcha zo‘ravonlik tahdidlarini jiddiy qabul qilishini ta’kidlagan. AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tramp boshchiligida 48 kishini Interpol orqali xalqaro qidiruvga bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sulaymoniy Eron AQSh

Baholaganlar

498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing