Sulsher “Liverpul” ustidan qozonilgan g‘alaba va Fernandesh haqida gapirdi
Sport
−
25 yanvar 2021
4023“Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘tgan safar, 17 yanvar kuni Angliya Premer Ligasining 19-turidan o‘rin olgan bahsda uchrashib, durang qayd etgan edi. Bu ikki klub kecha, 24 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida yana uchrashib, “Old Trafford”da o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi.
Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda “qizil iblislar” “mersisaydliklar” ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Dastlab, Muhammad Salah tomonidan o‘yinning 18-daqiqasida kiritilgan gol evaziga mehmonlar oldinga chiqib oldi. So‘ngra, Grinvud va Reshfordning kiritgan goli “iblislar”ga ustunlik berdi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida urilgan Muhammad Salahning ikkinchi golidan keyin o‘yinga haqiqiy intriga qaytdi. Oradan 20 daqiqa o‘tgach, Fernandeshning jarima zarbasidan kiritgan goli barchasiga nuqta qo‘ydi. Hisob 3:2.
O‘yindan so‘ng, “Manchester” jamoasi bosh murabbiyi norvegiyalik mutaxassis o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“O‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoani yengish – fantastika. “Liverpul” – ajoyib klub.
So‘nggi yillarda turli sxemalarda o‘ynab, yomon natija qayd etmadik. Biroq bugungi kundagi o‘yinimiz o‘zimizga mos. Biz topgan ushbu yo‘lga yigitlar bilan ishonamiz. Bizning xususiyat – hisobda ortda borib, g‘alaba qilish. Bu usulni joriy mavsumda bir necha bora namoyish qildik”, deydi norvegiyalik mutaxassis.
Murabbiy Sulsher jamoa yarimhimoyachisi Fernandeshning “Liverpul”ga kiritgan goliga ham to‘xtalib o‘tdi:
“O‘sha vaziyatda Brunoning gol urishiga ishongan edim. Chunki u so‘nggi paytlarda mashg‘ulotlardan so‘ng qolib, yana 45 daqiqa davomida jarimadan zarbalar berishni mashq qilayotgan edi”, deydi Sulsher.
LiveBarchasi