So‘xliklar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2020 yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi. 

Qolaversa, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 

Shuningdek, alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi. 

Qaror bilan, tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.  

Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda  So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori So'x tumani

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing