So‘xga yangi IIB boshlig‘i tayinlandi
Jamiyat
−
04 iyun 2020 12764 1 daqiqa
Qosimjon Karimberdiyevich Rahimberdiyev So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kecha, 3 iyun kuni Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Rahimberdiyev tuman IIB rahbari etib tayinlangan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Ma’murjon Botirov tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Bobosodiq Latipov esa tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq, Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr