Sudanda samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
25 iyul 2023
2794Sudanning Port-Sudan shahrida samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al-Hadath” telekanali harbiy manbalariga tayanib xabar berdi.
“Antonov fuqarolik samolyoti bugun kechqurun Port-Sudanda parvoz paytida halokatga uchradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning texnik nosozlik bilan havoga ko‘tarilishi tufayli halokat sodir bo‘lgan.
“Al-Hadath”ning xabar berishicha, halok bo‘lgan 11 kishidan to‘rt nafari harbiy bo‘lgan. Shuningdek, samolyot bortida bo‘lgan bola tirik qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Cessna samolyoti Polsha markazida odamlar bilan to‘la angarga qulab tushgandi. Oqibatda besh kishi halok bo‘lib, bir necha kishi yaralangan.
LiveBarchasi