Sudanda aholi non yetishmayotgani sabab namoyishga chiqdi

Olam

image

Sudan poytaxti Xartum provinsiyasida o‘nlab odamlar mamlakatda non va yoqilg‘i yetishmasligi sabab norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

2019 yilning dekabr oyida Sudan Bosh vaziri Abdulla Xamduk yangi hukumat mamlakatdagi yoqilg‘i va non inqiroziga chek qo‘ymoqchi ekanligini e’lon qilgan edi.

"O‘nlab odamlar poytaxt Xartumga yaqin Sharqiy Nil okrugida non va avtomobil yoqilg‘isining keskin tanqisligiga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi", deydi guvohlar.

Mahalliy “Al-Sudani” gazetasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Sharqiy Nilda bo‘layotgan namoyish ishtirokchilari orasida maktab o‘quvchilari ham bor. Ta’kidlanishicha, namoyishchilar o‘tib ketayotgan mashinalarning derazalarini sindirib, qator yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun: Sudan 2018 yilning oxiridan beri iqtisodiy inqiroz va xalq noroziliklari tufayli yuzaga kelgan beqarorlik davrini boshdan kechirmoqda. 2019 yilning aprel oyida Sudanda harbiy to‘ntarish bo‘lib o‘tdi. 30 yil davomida mamlakatni boshqargan Omar al-Bashir hokimiyatdan chetlashtirildi va keyinchalik qamoqqa olindi. Avgust oyi oxirida Sudan harbiy kengashi rahbari Abdul Fattoh al-Burhon mamlakat suveren kengashi rahbari sifatida qasamyod qabul qildi. Abdulla Xamduk esa mamlakatning yangi bosh vaziri sifatida 2019 yilning 21 avgustida ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing