Sudanda 57 kishini hayotdan olib ketgan avtohalokat sodir bo‘ldi

Olam

image

Sudandagi Shimoliy Darfur shtatida o‘nlab odamlarning umriga zomin bo‘lgan yirik avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda bugun, 23 may kuni “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 21 may kuni kechqurun yo‘lovchilari bo‘lgan yuk mashinasi tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda yong‘in boshlandi. Buning natijasida kamida 57 kishi halok bo‘ldi va 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Yaradorlar kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sudan yo‘l-transport hodisalari natijasida o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Baxtsiz hodisalar, asosan, ehtiyotsiz haydash, yo‘lning yomon ahvoli va avtoulovlarni qayta ishlashning samarasiz tizimi bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing