Sudanda harbiy to‘ntarishga urinish sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Sudanda armiya va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sudan poytaxti Xartumda mamlakat armiyasi va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan. Bu mamlakatdagi beqaror vaziyat va davom etayotgan siyosiy inqiroz fonida yuz berdi. Xartumning bir nechta tumanlarida va uning atrofidagi shaharlarda otishmalar sodir bo‘lgan. 

“Sky News Arabia”ning xabar berishicha, prezident qarorgohi yaqinida armiya kuchlarining katta guruhi joylashtirilgan. Poytaxt aeroporti esa reyslarni qabul qilishni to‘xtatib, ba’zi samolyotlarga qo‘nish uchun ruxsat bermagan. 

Xartumda tezkor harakat kuchlari va Sudan armiyasi o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar davom etmoqda. Sudan shifokorlar qo‘mitasining xabar berishicha, shahardagi to‘qnashuvlarda o‘nlab qurbonlar tez yordam markazlariga olib ketilgan.

Bugungi to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan uzoq davom etgan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Rossiya elchixonasi Sudandagi Rossiya fuqarolariga uyda qolishni va derazalarga yaqinlashmaslikni tavsiya qilgan. AQSHning Sudandagi elchisi Jon Godfri esa diplomatik vakolatxona xodimlari bilan elchixonada boshpana topganini ma’lum qilgan. U mamlakatda eskalatsiyani o‘ta xavfli deb baholagan va kuch tuzilmalarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 

Mamlakat harbiy hukumati rahbari qon to‘kilishini to‘xtatish uchun isyonchilarning har qanday talablarini bajarishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan harbiy to'ntarish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made