Sudan terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Sudanni xalqaro terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xartum (Sudan poytaxti – tahr) olti oy davomida "xalqaro terrorizm harakatlarini qo‘llab-quvvatlamagan". “Sudan hukumati kelajakda xalqaro terrorizm harakatlarini qo‘llab-quvvatlamasligiga ishontirdi”, dedi Prezident. Shuningdek, u mamlakat inson huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha "aniq qadamlar" qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

Tramp 23 oktyabr kuni AQSH Kongressini Sudanni yuqoridagi ro‘yxatdan chiqarish niyati haqida rasmiy ravishda xabardor qildi. Bu Xartum, Vashingtonning iltimosiga binoan, terroristik harakatlar qurbonlarining oilalariga 335 million dollar miqdorida tovon puli to‘laganidan keyin sodir bo‘ldi.

Sudanni terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruq 1993 yilning 12 avgustida qabul qilingan. Hozirda ushbu ro‘yxatga Eron, Shimoliy Koreya va Suriya kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan terrorizm

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing