Sudya lavozimiga nomzodlar ichkilikka va korrupsiyaga moyilligi o‘rganiladi

Jamiyat

image

Sudya lavozimiga nomzodlar psixologik testdan o‘tkaziladi, ichkilikka va korrupsiyaga moyilligi aniqlanadi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov ma’lum qildi. 

“Psixologik test va suhbatlar orqali sudyalarning dunyoqarashi, sudda bo‘ladigan turli holatlarga chidamliligi, vaziyatga baho berish ko‘nikmasi, hatto ichkilikka va korrupsiyaga moyilligi haqida tavsiyaviy xarakterdagi xulosalar olinadi”, dedi Xolmo‘min Yodgorov.

Ma’lum qilinishicha, sudyalar faoliyatini baholash bo‘yicha elektron reyting tizimini joriy qilinadi. Yangi elektron reyting natijasida sudyalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi hamda bu doimiy yuritib boriladi. 

Hozirgacha sudyalar faoliyati baholanmaganmi, bunga qanchalik ehtiyoj bor edi, degan savol tug‘iladi. Bugungi kunga qadar ham sudyalar faoliyati har 2,5 yilda bir marta Sudyalar malaka hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanar edi.

“Har bir sudya o‘z kamchilik va yutuqlarini onlayn ko‘rib turadi”, dedi Sudyalar oliy kengashi raisi. 

Ma’lumot o‘rnida, Bugungi kunga qadar ham sudyalar faoliyati har 2,5 yilda bir marta Sudyalar malaka hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanar edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sud sud'ya

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing