Sud Trampni aybdor deb topganidan so‘ng uning saylov kampaniyasi 53 mln dollar yig‘di

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati tomonidan jinoiy ish bo‘yicha aybdor, deb topilgandan keyin 24 soat ichida uning saylovoldi kampaniyasi 53 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘di. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning so‘nggi olti oyida Tramp jamoasi deyarli bir xil – 58 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Hukm chiqarilgach, dastlabki bir necha soat ichida Tramp 35 million dollar to‘plagan, keyinchalik u 52,8 million dollarga ko‘tarilgan. 

Bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida donorlarning deyarli 30 foizi ilgari kampaniyani qo‘llab-quvvatlamagan yangi manbalar ekani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumot uchun, may oyida Jo Baydenning saylov kampaniyasida 84 million dollar, Trampning saylovoldi kampaniyasida esa 49 million dollar bor bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Nyu-York hakamlar hay’ati bir ovozdan Trampni sobiq pornoaktrisa Stormi Danielsga to‘lovlarni yashirish uchun biznes yozuvlarini soxtalashtirishda aybdor deb topdi. U AQSH tarixida jinoyat sodir etganlikda aybdor, deb topilgan birinchi sobiq prezident bo‘ldi. Sudya Xuan Merchan hukmni 11 iyulga, Donald Trampning AQSH prezidentligiga nomzod sifatida rasman e’lon qilinishi kerak bo‘lgan Miluokidagi Respublikachilar partiyasi qurultoyidan bir necha kun oldinga belgiladi. 

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made