Sud “Ozodlik” va uning jurnalistiga 100 mln so‘m kompensatsiya to‘lashni yukladi
3-sahifa
−
21 avgust
8760Avvalroq, O‘zbekistonda gaz resurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev uning kompaniyasi haqida surishtiruv e’lon qilgan “Ozodlik” radiosi va mazkur OAV jurnalistini sudga bergani xabar qilingandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi “Ozodlik” radiosi va uning jurnalisti Lazizxon Olimov (Aziz Nur)ga barcha so‘zlariga raddiya bildirish majburiyatini yukladi va tadbirkor foydasiga ma’naviy zarar uchun 100 mln so‘m kompensatsiya undirilishi haqida qaror chiqardi. Bu haqda QALAMPIR.UZ tanishgan sud hujjatida so‘z boradi.
Ma’lum bo‘lishicha, javobgar Lazizxon Omilov va qo‘shimcha javobgar “Ozodlik” radiosi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan bo‘lsa-da, sud majlisiga kelmagan va sudga kelmaslik sababini uzrli ekanligini ma’lum qilmagan. Mazkur holatda sud ushbu fuqarolik ishini javobgar vakili ishtirokisiz O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220-moddasiga asosan ko‘rib chiqishni lozim topadi.
Sudga mutaxassis sifatida jalb qilinganlar so‘z borayotgan nizoli videomateriallarda qo‘llanilgan so‘zlar, iboralar, so‘z birikmalari va ularning mazmuni shaxsning, yuridik shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini va ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir qiladigan ekanini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi