Sud xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 aprel 2019 4686 1 daqiqa
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi xodimi N.B.ga pora taklif etgan shaxsning jinoyati fosh etildi.
Joriy yilning 2 aprel kuni fuqaro I.V. valyuta jinoyati bo‘yicha sudlangan tanishi A.A.ning sudda ishi ko‘rilayotganini bilib, N.B.dan sudya orqali jazoni yengillashtirib berishni, buning evaziga pora taklif qiladi.
Sud xodimi darhol bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisiga murojaat qilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 3 aprel kuni sudlanuvchining tanishi I.V. sud xodimiga 400 AQSH dollari berayotgan paytida qo‘lga olinadi. Ayni paytda I.V.ga Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust