Sud ekspertizasi markazi faoliyati uchun 3 mln 326 ming AQSH dollari ajratiladi
Jamiyat
−
24 aprel 2019
3650Joriy yilning 20 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan Respublika sud ekspertizasi markazini 2019-2020 yillarda zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida 106 turdagi 645 ta jihozlar xarid qilinadi. Dasturni amalga oshirish uchun jami 3 mln 326 ming AQSH dollar mablag‘ ajratiladi.
LiveBarchasi