“Angren Pask” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi Rossiyaga sotiladi

Jamiyat

image

Kecha, 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida “Angren Pask” XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Qarorga muvofiq, “Angren Pask” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi “Nikol Pak UK”ga (Rossiya) quyidagi investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda sotiladi:

1-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritish hamda 2019-2020 yillarda “Angren Pask” XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish;

2-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish;

3-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiyalar kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 300 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish.


Maqola muallifi

Teglar

Hukumat qarori Angren Pask

Baholaganlar

7

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing