Toshkent va Samarqandda Olimpiya shaharchalari quriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 may kuni “O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilingani haqida ma’lum qilgan edik.

Dasturga ko‘ra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo o‘yinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli O‘zbekiston da’vogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Hukumat qarori

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing