Hukumat qarori: Urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun tanlovlar o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra 2019 yilning uchinchi choragidan boshlab Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari ishlab chiqarishning klaster shakli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Urug‘chilik klasterlari “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DUK hamda investorlarning birgalikdagi ishtirokida tashkil etiladi.

Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan urug‘chilik klasterlariga kredit ajratiladi. 

Qaror bilan, shuningdek, urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom, urug‘chilik klasterlari faoliyatini tashkil etish va urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun tanlovlar o‘tkazish bosqichlari tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Hukumat qarori Urug'chilikni rivojlantirish markazi DUK

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing