Sud 11 yoshli qizning nikohini bekor qildi (video)

Olam

Reklama
0:00

Eronning Ko‘hliguyeh va Buyur Ahmad provinsiyasi sudi ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan katta erkak va kichik yoshli qiz o‘rtasidagi nikohni bekor qildi. Bu haqda “Rokna” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning ota-onasini sudga chaqirishgan. Ular taqdim etgan tug‘ilganlik guvohnomasiga ko‘ra, qiz 11 yoshda bo‘lgan. Kuyov esa 22 yosh. Oilaning so‘zlariga qaraganda, yangi kelin-kuyov bir-biri bilan tanishib olishi uchun vaqt berilishi, ular darhol er-xotin sifatida birgalikda yashashi kerak bo‘lmagan. 

Sud qizning yoshi sabab nikohni nomaqbul deb topib, uni bekor qildi. Qizning ota-onasi farzandi 13 yoshga to‘lishi uchun 2 yil kutib turishga qaror qildi. Shundan so‘ng, juftlik sud qarori bilan oila qurishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing