Sud hokimlarning 900 dan ortiq qarorini haqiqiy emas deb topdi

Jamiyat

image

2024 yilda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 6 991 ta ish ko‘rib chiqilgan. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan.

  • Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3 174 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 385 ta qaror bekor qilinib, 14 ta qaror o‘zgartirilgan. 
  • Kassatsiya tartibida 1 208 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 130 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror o‘zgartirilgan. 
  • Taftish tartibida 1 649 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 141 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirilgan.
  • Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 2 132 ta shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 309 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 95 tasi bekor qilingan.

Yil davomida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 15 373 ta ish ko‘rib chiqilgan. Buning natijasida 6 338 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud hokim qarori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing