Suares yana Messi bilan bir jamoada o‘ynaydigan bo‘ldi

Sport

image

Urugvaylik futbolchi Luis Suaresning “Inter Mayami”ga o‘tishi to‘liq kelishilgan. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Biz bir oy oldin Luisning Amerika klubiga o‘tishi bo‘yicha og‘zaki kelishib olingandi. Hozirga kelib hujjatlar imzolashga tayyor. Suares “Inter Mayami” bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma tuzadi.

2023 yilda urugvaylik futbolchi “Gremio”da o‘ynadi va 17 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Braziliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning “Gremio” bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabrda tugaydi.

Ta’kidlash joiz, Suares 2014 yildan 2020 yilgacha Lionel Messi bilan birga “Barselona”da o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Luis Suares Inter Mayami Fabritsio Romano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing