Suares va Messi yana bir jamoada to‘p surishi mumkin

Sport

image

Braziliyaning “Gremio“ klubi va Urugvay terma jamoasi a’zosi Luis Suares argentinalik futbolchi Lionel Messi o‘ynayotgan Amerikaning “Inter Mayami” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Tomonlar 1+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Bu haqda “El Pais” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi va klub rahbariyati  o‘rtasida elektron pochta orqali muzokaralar olib borilgan. Tomonlar kelishuvni bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara olib boryapti. 

Avvalroq, Luis Suares futboldagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini bildirgan edi. Bunga chap tizzasidan olgan jiddiy jarohatini sabab qilib keltirgandi.

Ma’lumot uchun, Messi va Suares 6 yil davomida “Barselona” safida o‘ynab, 13 ta sovringa ega chiqqan. Suaresning Braziliya klubi bilan shartnomasi 2023 yil oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, 36 yoshli futbolchining qiymati 4 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi Suares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing