Suares Messiga jamoadosh bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi

Sport

image

Urugvaylik futbolchi Luis Suares faoliyatini MLS'ning “Inter Mayami” klubida davom ettirishi mumkinligini tasdiqladi va bu haqda jamoaning argentinalik hujumchisi Lionel Messi bilan gaplashganini ma’lum qildi.

Suares mavsum oxirida Braziliyaning “Gremio” klubini tark etishini e’lon qildi. 36 yoshli forvardga Amerikaning “Inter Mayami” klubi qiziqish bildirmoqda.

“Kelajagim haqida ko‘p gapirish mumkin, ko‘plab yaxshi jamoalar menga aloqaga chiqdi. Imkoniyatlar qanday ekanini bilish uchun vakilim bilan gaplashaman. Braziliya chempionati tugaguniga qadar hech narsa qilishni xohlamadim. “Inter Mayami” mening bo‘lajak klubim bo‘lishi mumkin. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi u yerda o‘ynaydi va u mening ajoyib do‘stim, Messi bilan kelajagimni muhokama qildik, lekin men hozircha dam olmoqchiman, keyinroq kelgusi faoliyatim borasida bir qarorga kelaman”, deydi Suares.

Faoliyati davomida Suares Urugvayning “Nasonal”, Niderlandiyaning “Groningen” va “Ayaks”, Angliyaning “Liverpul”, Ispaniyaning “Atletiko” va “Barselona” klublari sharafini himoya qilgan. U 68 ta gol bilan Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, 2011 yilda terma jamoa bilan Amerika Kubogida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Gremio Luis Suares Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing