Strategik rejalashtirish hujjatlari raqamli platforma orqali monitoring qilinadi
Jamiyat
−
01 yanvar 695 1 daqiqa
O‘zbekistonda strategik rejalashtirish hujjatlari raqamli platforma orqali monitoring qilinadi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 30 dekabr kuni qabul qilingan “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
- maqsadli ko‘rsatkichlarga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlar, natijalar va tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;
- milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat organlari reytingi tuziladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;
- Raqamli platformada soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar asoslantirilmagan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.
Live
Barchasi