Stoltenberg o‘z tili bilan NATO urushga kirganini tasdiqladi – Peskov
Olam
−
12 Oktabr 2022
9537NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi NATO uchun mag‘lubiyat bo‘lishi haqida gapirar ekan, o‘z tili bilan alyans Ukraina tomonida kurashayotganini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 12 oktyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Bu mumkin”, deydi Kreml vakili Stoltenbergning so‘zlarini NATOning Ukraina tomonidagi mojaroda ishtirok etishining tasdig‘i deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javob berib.
Moskva bu borada biror chora ko‘radimi, degan savolga Peskov Rossiya Federatsiyasi 24 fevraldan boshlab buni amalga oshirayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 oktyabr kuni Stoltenberg Rossiyaning g‘alabasi Ukraina uchun ham, alyans uchun ham katta mag‘lubiyat bo‘lishini, chunki bu dunyoni yanada xavfli, NATO mamlakatlarini esa Rossiya agressiyasiga nisbatan zaifroq qilishini aytdi. U, shuningdek, alyans Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi va davom ettirishini ta’kidlab, NATO Ukraina bilan birga ekanligini va qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha u bilan turishini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, Stoltenbergning aytishicha, NATO Ukraina mojarosida ishtirok etmaydi, biroq alyansning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynaydi.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga ko‘ra, yuqoridagi so‘zlari bilan Stoltenberg NATO allaqachon bu urushga kirganini tasdiqlagan.
“Norvegiyalik halol yigit nihoyat buni tan oldi”, deb yozadi Medvedev
LiveBarchasi