Stoltenberg Ukrainaning NATOga a’zolik arizasiga javob qaytardi

Olam

image

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukraina uchun Alyansga kirish eshiklari ochiq, biroq hozir asosiy e’tibor Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinida uning himoyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu haqda Bosh kotib Bryusseldagi Matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Yevropadagi har qanday demokratik davlat NATOga a’zolik uchun ariza berish huquqiga ega va NATO ittifoqchilari bu huquqni hurmat qiladi.

“Biz NATO eshiklari ochiqligini qayta-qayta ta’kidlaganmiz. Buni o‘tgan yillar davomida ko‘rsatdik”, deydi u.

Bosh kotib NATO ittifoqchilari ham Madriddagi sammitda uchrashganlarida, Ukrainaning qaysi xavfsizlik mexanizmining bir qismi bo‘lishni xohlashini hal qilish uchun o‘z yo‘lini tanlash huquqini qo‘llab-quvvatlashini ochiq aytganini eslatgan.

“Keyin a’zolik to‘g‘risidagi qaror barcha 30 ittifoqchi tomonidan qabul qilinishi kerak va biz bunday qarorlarni konsensus orqali qabul qilamiz”, degan NATO Bosh kotibi.

Stoltenberg hozirda Alyansning e’tibori Ukraina o‘zi Rossiya bosqinidan himoya qilishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini qayd etgan.

Ukrainaning NATOga intilishi

Ukraina allaqachon NATOga a’zo bo‘lish istagini bildirgan. Biroq ittifoqqa a’zo ayrim davlatlar Ukrainaning Yevroatlantika istiqboliga shubha bilan qarashadi. Xususan, 14 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi hali kun tartibida emasligini aytdi.

Ukraina hududiga bostirib kirgandan so‘ng, Rossiya rasmiy Kiyevga ultimatum qo‘ydi, u Ukraina NATOga qo‘shilmasligi va armiya sonini kamaytirish kafolatlarini o‘z ichiga olgan.

Madridda o‘tgan NATO yozgi sammitida a’zo davlatlar Ukrainaga keng qamrovli yordam paketini ma’qulladilar va unga Rossiya Federatsiyasi bilan urush g‘alaba bilan yakunlanishigacha yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Keyin NATO sammitida Ukraina delegatsiyasiga boshchilik qilgan Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva sammit natijalaridan mamnun ekanini aytdi, shuningdek, Kiyev Alyansga qo‘shilish yo‘lida davom etayotganini ta’kidladi.

Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti va Ukrainadagi Milliy demokratik institut o‘tkazgan so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, respondentlarning 79 foizi Ukrainaning 2030 yilgacha NATOga a’zo bo‘lishini xohlaydi. Taqqoslash uchun, may oyida xuddi shu savolga 73 foiz ishtirokchi ijobiy javob bergan. Ukrainaliklarning 69 foizi alyansga qo‘shilishni kutmoqda, may oyida esa bu ko‘rsatkich 65 foiz darajasida edi.

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi haqida ma’lum qilib, tegishli arizani imzolash jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishgandi. Rasmiy Kiyev Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyati – Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojeni anneksiya qilgach, shunday bayonot bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made