Stoltenberg Ukrainadagi mojaroning hozirgi bosqichini “logistika urushi” deb atadi
Olam
−
13 fevral 2023
7105Ukrainada o‘q-dorilarni iste’mol qilish va ularni ushbu mamlakatga yetkazib berish ba’zida NATO mamlakatlarida ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oshib ketadi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bugun, 13 fevral kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qayd etganidek, NATO harbiy-sanoat kompleksi bilan o‘q-dorilar ishlab chiqarishni jadal kengaytirish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda va bu mavzu 14-15 fevral kunlari Bryusselda alyans Mudofaa vazirlari yig‘ilishida muhokama qilinadi..
“Ukrainadagi o‘q-dorilar sarfi bizning ishlab chiqarish sur’atimizdan oshib ketadi”, deydi u.
Stoltenberg, masalan, ayrim turdagi qurollarni ishlab chiqarishni kutish vaqti 12 oydan 18 oyga oshganini ta’kidladi.
“Ya’ni, bugun buyurtma berilsa, bir yil emas, bir yarim yil kutishga to‘g‘ri keladi”, deydi u.
Stoltenberg Ukrainadagi mojaroning hozirgi bosqichini “logistika urushi” deb atadi.
“Tezlik hayotni saqlab qoladi”, deydi u.
U so‘zida davom etarkan, NATO davlatlari Ukrainani imkon qadar tezroq qurol bilan ta’minlashi kerakligini aytdi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, NATO mamlakatlarida ishlab chiqarish muammosi bor, lekin uni hal qilish strategiyasi ham mavjud.
“Sizda korxonangiz bo‘lsa ham, siz ko‘proq smenada ishlashingiz mumkin, dam olish kunlarida ishlashingiz mumkin. Ha, muammo bor va uni hal qilish kerak, bizda uni qisqa va uzoq muddatda qanday hal qilish bo‘yicha strategiyamiz bor”, deydi u.
Stoltenberg, shuningdek, NATO mamlakatlari yangi o‘q-dorilarni sotib olishni boshlashini muhim deb hisoblaydi.
“Fransiya, AQSH allaqachon buni amalga oshirgan. Qisqa muddatda sanoat smenalar sonini ko‘paytirish orqali ishlab chiqarishni kengaytirishi mumkin, ammo biz ishlab chiqarishning sezilarli o‘sishiga erishishimiz uchun yangi o‘q-dori zavodlarini qurishimiz, yangi investitsiyalar kiritishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.
LiveBarchasi