Stoltenberg NATOda yana bir yil “taxti”ni saqlab qolishi mumkin – “Reuters”

Olam

image

Yens Stoltenberg NATO bosh kotibi lavozimida yana bir yil qolishi mumkin. Bu haqda o‘zining ikki manbasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

“Norvegiyalik siyosatchi G‘arb mudofaa alyansida keng qo‘llab-quvvatlanadi va uning samarali rahbari hisoblanadi”, deydi ismi sir qolishini so‘ragan “Reuters” manbalaridan biri.

Qayd etilishicha, Stoltenbergdan NATO rahbariyatini davom ettirishni so‘rash qarori Shimoliy Atlantika alyansi a’zolari ushbu lavozimga ehtimoliy nomzod bo‘yicha konsensusga erisha olmagani bilan bog‘liq.

“Ma’muriyat Stoltenberg o‘z lavozimida yana bir yil qolishi haqidagi fikrga rozi bo‘ldi”, deb aytgan “Reuters” agentligiga Vashingtondagi yuqori martabali amaldor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden Stoltenberg qiyin paytlarda o‘z vazifalarini nihoyatda samarali bajarayapti, deb hisoblaydi.

Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansini to‘qqiz yil davomida boshqargan va shu yilning sentyabrida bu lavozimni tark etishni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made