Stiven Sigal Otabek Umarovni yangi lavozim bilan tabrikladi

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov yangi tashkil etilgan Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidentligiga tayinlangan edi. 

Amerikalik taniqli aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal Otabek Umarovni ushbu yangi lavozim bilan tabrikladi.

"Do‘stim Otabek Umarov O‘zbekiston MMA federatsiyasining rahbari etib tayinlandi. Tabriklayman, birodar!", deb yozadi aktyor o‘zining Instagram’dagi sahifasida. 

67 yashar amerikalik aktyor Stiven Sigal nafaqat kino odami balki jang san’atlari ustasi hamdir. U yetti yoshligidan karate bilan shug‘ullangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkentda ilk bor MMA GFC-20 turniri bo‘li  o‘tadi. Unda Otabek Umarovning yana bir taniqli do‘stlaridan biri Habib Nurmuhamedov ham ishtirok etadi


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Stiven Sigal

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing