Stiven King o‘z asarini o‘zbek rejissyoriga 1 dollarga sotdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonlik talaba Gulnora Ivanova butun dunyoga mashhur amerikalik yozuvchi Stiven Kingdan “Qo‘l berib ko‘rishmagan odam” qissasini suratga olish huquqini 1 dollarga sotib olib, u asosida film suratga oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, talaba “Dollar Baby” nomli dasturida ishtirok etgan. Unda Stiven King yosh rejissyorlarga o‘z asarlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. 

Shuningdek, Ivanova tomonidan suratga olingan ushbu film Malayziyadagi xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi triller” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

“Film hozircha omma uchun e’lon qilinmadi. U ochiq namoyishga qo‘yilishi bilanoq, sahifalarimda xabar beraman”, deya qo‘shimcha qildi rejissyor.

Ma’lumot uchun, “Qo‘l berib ko‘rishmagan odam” qissasi 1985 yilda Stiven Kingning "Skeleton ekipaji" kitobida nashr etilgan. Unda bir tegish bilan barcha tirik mavjudotlarni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan la’natlangan odam haqida hikoya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba yozuvchi Stiven King qissa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing