Stiker “otmen” bo‘ldimi? (video)
Jamiyat
−
30 mart 2020
21035Xabaringiz bor, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yilning 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillar maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz boshqarish taqiqlangandi.
Ruxsatnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali berilishi belgilandi. Bugun, 30 mart kuni DXMlardan birida shaxsiy avtomobillarni boshqarish uchun 1 aprelgacha ruxsat berilgani haqidagi e’lon ilingan suratlar tarqaldi. Keyinroq bunga raddiya berildi. Ammo muammo shu bilan hal bo‘lgani yo‘q.
QALAMPIR.UZ`ga DXMlarda stiker berish bekor qilingani bilan bog‘liq video kelib tushdi. Unda DXM oldiga ruxsatnoma olish uchun kelgan fuqarolarga stiker berish to‘xtatilganini aytayotgan markaz xodimini ko‘rish mumkin. Bizga ma’lum bo‘lishi ushbu video Toshkent shahri Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazida suratga olingan.
“Avtomobilda yurilyapti. Men o‘zim shaxsan ertalab poliklinikaga borib, qaytib keldim. “GAI” xodimlari turibdi, to‘xtatmayapti. Ruxsatnomani so‘rayotgani ham yo‘q. Ariza qabul qilishga (topshirishga) turmanglar. Bugundan arizalar qabul umuman qilinmaydi”, deydi DXM xodimi.
Atrofdagi fuqarolardan biri ariza topshirib qo‘yganlar javobini bilishi mumkinmi, deya so‘raganda, markaz xodimi quyidagicha javob qaytardi:
“Stiker berilmayapti. Bu holat qachongacha davom etishi noma’lum. “Otmen” deyildi-ku”, deya tushuntirdi DXM vakili.
Hukumat qarorni qabul qildi. Ammo shoshib qabul qilgan qaroriga o‘zi ham yechim topa olmayapti chog‘i. Stiker berishi kerak bo‘lgan DXM ham o‘z-o‘zidan jarayon to‘xtatilganini ayta olmaydi. Yuqoridan topshiriq bo‘lganki, odamlarga bemalol aytilyapti. Biroq hozircha ruxsatnomalar bekor qilingani haqida rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q. Kutamiz...
LiveBarchasi