Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Bahodir Abdusalomovich Begalov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Ayni paytda agentlik saytida direktor lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan. QALAMPIR.UZ manbasi ham buni tasdiqladi. 

Uning bizga ma’lum qilishicha, Bahodir Abdusalomovich Begalov lavozimidan ketgan. Ammo iste’fo haqida rasmiy xabar berilmagan, uning lavozimidan ozod qilinishining sababi aytilmagan. Ayni paytda agentlik saytida direktor lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan. 

Ma’lumot uchun, 56 yoshli Bahodir Begalov statistika idorasini 2017 yil may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. U 2012–2016 yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil oxiridagi ma’muriy o‘zgarishlarda Statistika agentligiga aylantirilib, Prezident huzuriga o‘tkazilgan edi. Hozir statistika organida direktorning ikki nafar o‘rinbosari faoliyat olib bormoqda: A’zam Anvarjonovich Ikromov (2016 yildan buyon) va Zohidjon Murodovich Ziyoyev (2019 yildan buyon).


Maqola muallifi

Teglar

direktor Statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing