Starmer G7 yetakchilarini Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer G7 a’zolarini Rossiyaga iqtisodiy va harbiy bosimni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda hukumat rahbari devoni tomonidan G7 davlatlari yetakchilari ishtirokidagi videokonferensiya yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

“Starmer qolgan G7 yetakchilarini Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga iqtisodiy bosimni oshirish, jumladan, iloji bo‘lsa, yangi sanksiyalar joriy etish orqali imkon qadar ko‘proq muammolarni yaratishda davom etishga chaqirdi. Barcha yetakchilar G7 davlatlari o‘rtasidagi birlik global beqarorlik davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lishiga kelishib oldi", deyiladi hujjatda. 

Starmerning so‘zlariga ko‘ra, Moskva tomonidan “taslim bo‘lish istagi yo‘qligi” sababli Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam kerak. Britaniya Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari “kelajakda uni eng yaxshi pozitsiya bilan ta’minlashi” kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya G7 Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing