Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlarining 200-partiyasi orbitaga chiqdi

Texnologiya

image

Kecha, 30 oktyabr kuni Falcon 9 raketa-tashuvchisi global internet qamrov tizimi Starlink orbital guruhini to‘ldirish uchun yana 23 ta mini-sun’iy yo‘ldosh partiyasini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda SpaceX ma’lum qildi.

SpaceX Ilon Mask boshchiligida Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari 200-marta orbitaga chiqqanini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, raketa AQSHning Florida shtati Kanaveral burnidagi 40-start kompleksidan 30 oktyabr kuni AQSH Sharqiy sohil vaqti bilan 17:10 da uchirilgan. Taxminan bir soatdan keyin sun’iy yo‘ldoshlar raketaning ikkinchi bosqichidan ajralib, orbitaga chiqqan.

Ushbu amaliyot doirasida raketa-tashuvchi o‘zining 14-parvozidan keyin Atlantikadagi A Shortfall of Gravitas nomli dengiz platformasiga vertikal qo‘nishni amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Starlink loyihasi doirasida SpaceX kompaniyasi 2019 yil may oyidan beri 7,2 mingdan ortiq shunday sun’iy yo‘ldoshni uchirgan. Ularning ayrimlari ishdan chiqqan yoki orbitadan qaytib tushgan. Hozirda orbitada 6,5 mingdan ortiq qurilmalar faol holatda qolmoqda.

SpaceX kompaniyasi dunyodagi eng yirik sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi. Starlink internet tarmog‘i foydalanuvchilar uchun Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya kabi 72 ta mamlakatda mavjud. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldosh xizmatlaridan AQSH harbiylari ham faol foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Florida shtatidagi kosmodromdan SpaceX kompaniyasining Falcon raketasi Yupiterning 95 yo‘ldoshidan biri bo‘lgan  Yevropada hayot izlarini qidirish maqsadida Europa Clipper deb nomlangan kosmik stansiyani orbitaga chiqargan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy yo'ldosh SpaceX Starlink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing