Starliner ekipaji fazoda qolib ketdi

Olam

image

Bir haftalik Starliner sinov missiyasi doirasida joriy yilning iyun oyida fazoga uchgan amerikalik astronavtlar Barri Uilmor va Sunita Uilyams 2025 yilning fevraligacha Yerga qaytmasligi mumkin. Bu haqda BBC yozmoqda.

Xalqaro kosmik stansiyaga sinov missiyasi uchun Boeing Starliner kosmik kemasi bilan fazoga ko‘tarilgan 61 yoshli Uilmor va 58 yoshli Uilyams bir necha kundan keyin uylariga qaytishni kutgan. Ammo hammasi rejadagidek bo‘lmadi. Bu bortda odamlar ishtirokidagi birinchi parvoz edi va yangi kosmik kemadan muntazam foydalanishdan oldin qanday ishlashini ko‘rish uchun mo‘ljallangan sinov edi. Sinov esa ularni 2025 yilgacha kosmosda qolib ketishiga sabab bo‘ldi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan potensial variantlardan biri ikki kosmonavtni sentyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan SpaceX'ning missiyasiga biriktirish va ularni 2025 yil fevral oyida ushbu missiya bilan Yerga qaytarishdir.

“Noma’lum muddatga qolib ketgan bu juftlik endi yozni butunlay o‘tkazib yuborish va hatto Rojdestvo va Yangi yilni kosmosda o‘tkazish ehtimoliga duch kelmoqda”, deya yozgan nashr.

Astronavtlarning birinchi Starliner sinov missiyasi dastlab 8 kun davom etishi rejalashtirilgan edi. Bortida ikki amerikalik astronavt bo‘lgan boshqariladigan kosmik kema 5 iyun kuni Florida shtatida United Launch Alliance Atlas V raketasi yordamida uchirilgan. Biroq, ulanish paytida kosmik kapsulaning harakatlanish tizimida muammolar paydo bo‘lgan. Texnik nosozliklar tufayli ekipaj hali ham Yerga qaytib kela olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA'ning Jeyms Uebb kosmik teleskopi ancha uzoqda joylashgan “Kosmik shafaq" deb nomlangan galaktikani kashf qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NASA Starliner Barri Uilmor Sunita Uil'yams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing