Stadionda 16 yoshli darvozabonni chaqmoq urdi (video)

Sport

Internetda Rossiyaning Orexovo-Zuyev shahridagi “Torpedo” stadionida futbolchini chaqmoq urgan lahza tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Voqea oqibatida 16 yoshli darvozabon kasalxonaga yotqizilgan. Hozir u komada.

Video mahalliy “Aist” telekanalida namoyish etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia mashg‘ulotlar paytida yuz bergan. Osmon tiniq bo‘lgan, biroq birdan momaqaldiroq gumburlab, ushbu fojia yuz bergan. Voqeadan keyin murabbiy yordam bergani darvozabon tomon yuguradi. Unga yurak massaji va sun’iy nafas beradi.

Futbolchi Ivan Z “Mehnat bayrog‘i” jamoasining darvozaboni edi. Klub bosh direktori Igor Mayorovning so‘zlariga ko‘ra, u qattiq kuyish olgan. Ivan.Z.ni vertolyot yordamida zudlik bilan Lyubers shahridagi shifoxonaga yetkazishgan. 


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing