SSV yana ikki koronavirus qurboni haqida ma’lumot berdi.

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan yana ikki o‘lim holati qayd etildi. Shu tariqa mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar 79 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yunusobod tumanida yashagan 55 yoshli fuqaro A.X. (erkak)da 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yana bir bemor, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli fuqaro B.S. (erkak)da 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Tibbiyot muassasasida unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, diabetik nefropatiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, koronar qon tomirlarni stentlashdan keyingi holat (2008, 2012 yillarda), gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan. 

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik og‘ir kechishi va asoratlari hisobiga ahvoli keskin yomonlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sababli vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing