SSV yana bir koronavirus qurboni haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
23 iyul 2020
14593O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu rasman e’lon qilingan 98-o‘lim holati bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X. (erkak)da 12 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og‘rigan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.
LiveBarchasi