Yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli B.Sh. (erkak) joriy yil 13 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Keyinchalik ahvoli og‘irlashganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing