SSV: “O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 68 mingdan oshdi”
Jamiyat
−
05 noyabr 2020
8783Bugun, 5 noyabr kuni O‘zbekistonda 215 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 579 nafarga yetdi.
SSVning ma’lum qilishicha, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 221 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 68 060 nafar bemordan 65 333 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2148 nafar bemordan 254 nafari og‘ir, 68 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi