SSV: O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 500 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekistonda 326 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 502  nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 374 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 60 776 nafar bemordan 57 704 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 570 nafar bemordan 322 nafari og‘ir, 114 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing