SSV og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekistonda 319 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 511 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent,  Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 336 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 738 nafar bemordan 58 763 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 464 nafar bemordan 319 nafari og‘ir, 106 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

470

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing