SSV og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
04 Oktyabr 2020 14483 1 daqiqa
Bugun, 4 oktyabr kuni O‘zbekistonda 449 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 687 nafar bemordan 55 318 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 887 nafar bemordan 565 nafari og‘ir, 301 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 482 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Andijon hamda Qashqadaryo viloyatlarida 464 nafar bemor tuzaldi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr