SSV shifoxonada murdalar tahlab tashlangan video yuzasidan munosabat bildirdi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona o‘likxonasi tasvirlangan videolavha tarqaldi. Unda “murdalarni vaqtincha saqlash xonasi” (eshikda shunday ruscha yozuv bor) va yo‘lakda qora plyonkalarga o‘ralgan, polga yotqizib qo‘yilgan 20-25 nafar murdani ko‘rish mumkin. Ularning ayrimlari plyonkaga o‘ralmagan, alohida xonaga kiritilmagan ham.

Mazkur videolavha ortidan alohida ovozli xabar ham tarqalgan. Unda erkak kishi Jukovskiy shifoxonasida ko‘pchilik COVID-19 dan o‘layotganini aytgan.

“Jukovskiy shifoxonasida juda ko‘pchilik COVID-19 dan o‘lyapti. Mana, hozir qaynonamning ham joni uzildi. Olib chiqyapmiz. Ehtiyot bo‘linglar”, deydi erkak.

Videolavhadagi holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

“Videolavhadagi holat O‘zbekistonda yuz bermagan, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra qo‘shni davlatlardan biridagi tasvir bu. 

O‘zbekistonning biror shifoxonasida, jumladan yuqorida tilga olingan tibbiy markazda bunday joy yo‘q va murdalar bunaqa tarzda saqlanmaydi”, deyiladi unda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 16 429 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 9 127 nafari sog‘aygan va 84 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

3490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing