SSV koronavirusga chalinganlar haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekistonda 313 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 520 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent,  Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 327 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62684 nafar bemordan 59 756 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 408 nafar bemordan 316 nafari og‘ir, 97 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

661

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing