SSV: “Koronavirusdan sog‘ayganlar 62 mingdan oshdi”

Jamiyat

image

Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekistonda 293 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 542 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy,  Toshkent,  Sirdaryo, Namangan, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm viloyatlarida 299 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 64811 nafar bemordan 62033 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 236 nafar bemordan 282 nafari og‘ir, 78 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing