SSV koronavirus testi bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi. Ular ishonchlimi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilk bor mamlakatda koronavirus testini topshirish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ochiqladi. Qayd etilishicha, kechaning o‘zida 16 897 ta, epid mavsum davomida esa 1 055472 ta test sinovi o‘tkazilgan. Urg‘ulanishicha, bu bepul o‘tkazilgan testlar bilan bog‘liq raqamlar. 

“Hozirgi kunda  shifoxonalardagi bemorlar, uy va statsionar karantinda tibbiy kuzatuvda bo‘lgan barcha fuqarolar tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq, muntazam laborator tekshiruvlardan o‘tkazib kelinmoqda”, deyiladi SSV xabarida. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi virusologik laboratoriyalarda Covid-19 infeksiyasiga bepul tahlildan o‘tish imkoniyati yaratilgan. 

“Mamlakatida koronavirus infeksiyasini erta aniqlash ko‘lamini  kengaytirish va tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek,  qator tashkilot va fuqarolarning bu haqdagi murojaatlarini e’tiborga olib, joriy yil 24 iyundan boshlab davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolar uchun ushbu  infeksiyaga tahlil topshirishda ixtiyoriy, pullik asosda nodavlat tibbiyot tashkilotlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

Endilikda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlari bilan tegishli tartibdagi shartnomani imzolagan hamda laboratoriyasi talabga javob berishi to‘g‘risidagi xulosani olgan barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlari koronavirus infeksiyasini faqat polimer zanjirli reaksiya (PZR) usulida tekshirishlari mumkin”, deyiladi rasmiy axborotda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Rahimqulovning ta’kidlashicha, o‘z laboratoriyasida koronavirus infeksiyasini zanjirli polimer reaksiya usulida, pullik asosda tekshirishni tashkil etmoqchi bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkiloti, avvalo, bu borada belgilangan barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilishi lozim. Tekshiruvda qo‘llaniladigan test-sinama (diagnostikum)lar hududiy sanitariya osoyishtaligi markazlari bilan kelishiladi. Koronavirus infeksiyasini laborator sharoitida aniqlash narxini nodavlat tibbiyot tashkiloti mustaqil belgilaydi. 

Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘zida, shu bilan birgalikda, so‘rovga ko‘ra, murojaat qiluvchining tashkilotida, fuqarolarning yashash manzilida hamda maxsus avtotransportlarda olinishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, nodavlat tibbiyot tashkiloti hududiy sanitariya osoyishtaligi markazlariga kunlik umumiy ma’lumotlarni hamda koronavirus infeksiyasiga ijobiy natija bergan surtmalarni yetkazib beradi.

Koronavirus infeksiyasini polimer zanjirli reaksiya usulida pullik tekshirishlarni tashkil etishni xohlovchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlariga shartnoma tuzish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Qayd etilishicha, o‘z navbatida vazirlik Covid-19 ga tahlilni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan nodavlat tibbiyot tashkilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beradi.

Vaziyatni bevosita kuzatuvchisi sifatida QALAMPIR.UZ shuni ma’lum qiladiki, bundan 5 kun avval tahririyat xodimi koronavirus testini topshirgan edi. 23.06.2020 yil soat 13:30 holatiga ko‘ra hamon test natijalari ma’lum qilingani yo‘q. Ayni vaqtda xodim shifokorlar nazoratiga olinmagan. Shu bois tahririyat SSVning yuqoridagi ma’lumotlariga ishonchsizlik bilan qaraydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing