SSV koronavirus tarqalishi bo‘yicha so‘nggi statistikasini ochiqladi

Jamiyat

image

Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekistonda 328 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqad Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 498  nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 354 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 60450 nafar bemordan 57 330 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 622 nafar bemordan 328 nafari og‘ir, 117 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

760

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing