SSV koronavirus tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 sentyabr kuni O‘zbekistonda 476 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 466 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 504 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 56 354 nafar bemordan 52 970 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 918 nafar bemordan 587 nafari og‘ir, 261 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

950

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing