SSV xorazmlik shifokorning koronavirusdan vafot etganini tasdiqlamayapti

Jamiyat

image

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik shifokor Baxtiyor Qilichev 66 yoshida koronavirus asoratlari bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uning nomini koronavirusdan vafot etgan bemorlar ro‘yxatiga qo‘shmadi va rasman uning ushbu kasallikdan vafot etganini rad qildi. 

SSVning qayd etishicha, xivalik shifokor B.Q.ning Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli karantin shifoxonasidan olingan kasallik tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, marhumda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan. 

“27 avgust kasalxonaga yotqizilgan bemorda birlamchi tekshiruv jarayonida maxsus laboratoriya tekshiruvida ham, keyingi tashxislarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bemorning o‘limdan keyingi tashxisi natijalariga ko‘ra, bemorning vafotiga ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimdagi ikki xodim koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edi. Biroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi ulardan biri ushbu virusdan vafot etganini tasdiqlamadi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing