SSSR josusi Aleksey Botyan vafot etdi

Olam

image

Afsonaviy josus, 1945 yil yanvar oyida Polshaning Krakov shahrini qutqarish operatsiyasini boshqargan Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Aleksey Botyan 103 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti nashri berdi.

Qayd etilishicha, u joriy yilning 10 fevral kuni 103 yoshni qarshilagan edi. 

Ma’lumki, 1939 yilning 1 sentyabr kuni Ikkinchi Jahon urushi boshlangan Botyan ushbu urushning boshidanoq ishtirok etib, Polsha armiyasining zenit ekipaji tarkibida jang qilgan. Polsha taslim bo‘lganidan so‘ng, u xizmat qilgan harbiy qism Qizil Armiyaga bo‘ysunadi. Shunday qilib, Botyan Sovet fuqarosi bo‘ldi. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan u maxsus motoo‘qchi brigadasi tarkibida josuslik maktabida o‘qidi. Maxsus maktabda bir yarim yil o‘qiganidan so‘ng, Moskva uchun bo‘lgan jangda amaliy mashg‘ulot sifatida qatnashdi va shahar atrofidagi dushmanlarning orqa qismida reydlarni amalga oshirdi.

Botyan 1943 yilda, Olimp razvedka va sabotaj guruhi tarkibida, Davlat xavfsizlik kapitani Viktor Karasev qo‘mondonligi ostida Ukrainaning Jitomir viloyati Ovruch shahriga yuborildi. 1943 yil sentyabr oyida Botyanning bevosita nazorati ostida Germaniya tomonidan inspeksiyalar vakillari va partizanlarga qarshi kurashda tajribali mutaxassislar kelgan paytda Ovruch viloyat boshqarmasini portlatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi. U operatsiya davomida 80 ga yaqin fashist ofitserini o‘ldirdi.

1945 yil yanvar oyida "leytenant Alyosha" (Botyanni mahalliy aholi shunday atagan) hayotining asosiy yutug‘i deb bilgan ishni bajardi. U natsistlarning Dunay daryosidagi suv omborini buzish rejasi haqida bilib olishga muvaffaq bo‘ldi. Suv ombori buzulishi Sovet qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatishi kerak edi. Shu bilan birga, Polshaning Krakov shahrida suv toshqini xavfi mavjud edi. Botyan guruhi Jagiyelloniya qasrida joylashgan portlovchi moddalar va o‘q-dorilar omborini minalashga muvaffaq bo‘ldi va fashistlarning rejalari amalga oshmasligini ta’minladi.

Urushdan keyin Aleksey Botyan chet el razvedkasida noqonuniy razvedka xodimi sifatida qoldi.  2007 yil 10 mayda Rossiya Prezidentining farmoniga binoan iste’fodagi polkovnik Aleksey Botyan Krakovni saqlab qolish bo‘yicha operatsiyasi uchun Rossiya Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

SSSR Aleksey Botyan Josus

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing